Biz Jizzaxda avtomobillarini ishlab chiqarishni O‘zbekistonda butun segmentni rivojlantirishga asos soladigan tizimli loyihani yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Biz uchun bu shunchaki yangi quvvatlar emas, balki yanada barqaror va boshqariladigan bozor modeliga o‘tishdir.
Biz loyihani avvalidan bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yamiz. Bunday yondashuv nafaqat texnikani o‘z vaqtida bozorga olib chiqish, balki ishlab chiqarish bazasini izchil rivojlantirish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, sifat va jarayonlar ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini beradi.
Biz uchun ishlab chiqarish mamlakat ichkarisida bo‘lishi juda muhim. Bu mijozlarimiz biznesi samaradorligiga bevosita ta’sir qiladigan asosiy parametrlarni boshqarish imkonini beradi: yetkazib berish muddatlari, texnikaning ommabopligi, transport vositasiga servis xizmat ko‘rsatish va undan foydalanish.
Texnika mahalliy tarzda ishlab chiqarilganda, bozorni bashorat qilish osonroq bo‘ladi. Tashqi omillarga bog‘liqlik kamayadi, xizmat ko‘rsatish soddalashadi, mahsulot atrofidagi infratuzilma – xizmat ko‘rsatish markazlaridan tortib butlovchi qismlar yetkazib beruvchilargacha tezroq rivojlanadi.
Biz biznesning amaldagi vazifalaridan kelib chiqib, mahsulotlar turkumini shakllantiramiz. Bu logistika, tashish xizmati, xizmat ko‘rsatish va shahar servis xizmatlarida har kuni mehnat qiladigan texnika. Mazkur segmentlarda ishonchlilik, qulay bo‘lgan foydalanish va ishdagi barqarorlik ayniqsa muhim – biz aynan shunga o‘z e’tiborimizni qaratamiz.
Bizning mijozlarimiz uchun bu shunchaki texnikadan foydalanish emas, balki yanada tushunarli bo‘lgan va boshqariladigan egalik qilish xarajatlarning tejamkorligi demakdir. Bunda noaniqliklar kam, to‘xtab qolishlar oz, jarayonlar ustidan nazorat yuqori bo‘ladi.
Biz uchun Jizzakh Commercial Vehicles - bu asosiy qarorlar mamlakat va bozorni shakllantirish yo‘lidagi qadam bo‘lib, rivojlanishning ishonchli vositasiga aylanadi.