Xizmat va kafolat

Texnikaning ishonchliligi sifatli servis xismat ko‘rsatishdan boshlanadi. DOST brendida biz biznesingizning har bir kilometr masofada barqaror ishlashini ta’minlaydigan servis xizmat ko‘rsatish ekotizimini yaratamiz. Aynan shuning uchun DOST brendida servis xizmat ko‘rsatishga avtomobillarning o‘zini ishlab chiqishga bo‘lgani kabi e’tibor qaratiladi.

Biz shunchaki servis xizmat ko‘rsatish markazlarini emas, balki O‘zbekistonning amaldagi mavjud foydalanish sharoitlariga – yuqori haroratdan tortib shahar va shaharlararo sikldagi yuqori yuklamalargacha moslashtirilgan to‘laqonli texnik qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratmoqdamiz.

DOST servis xizmat ko‘rsatish ekotizimi transportning maksimal darajada ishlashga tayyorligini ta’minlash uchun yaratilgan.
Bu quyidagilarni anglatadi:
* so‘rovlarga tezkor ravishda javob berish,
* aniq darajadagi diagnostika,
* ta’mirlash bo‘yicha eng qisqa muddatlar,
* va hech qanday kechikishlarsiz asl ehtiyot qismlarga imkoniyat.

DOST rasmiy servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlari ishlab chiqaruvchining yagona standartlari bo‘yicha faoliyat olib borishadi va yagona brend infratuzilmasining bir qismi hisoblanishadi. Bu hududlardan qat’i nazar, xizmat ko‘rsatishning bir xil yuqori darajasini kafolatlaydi.

Biznes uchun avtomobilning shunchaki sozligi emas, balki uning doimo foydalanishga shay bo‘lishi muhimligini anglaymiz. Shuning uchun DOST servis xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining asosiy vazifasi – bekor turib qolish vaqtini minimallashtirish va har bir safarda ishonchni ta’minlashdir.

Xizmat va kafolat

Original ehtiyot qismlar

Biz faqat sertifikatlangan komplektlovchi qismlardan foydalanamiz, bu esa avtomobilning ishonchliligini, uzoq muddatli xizmat qilishini va zavod xususiyatlarining saqlanishini kafolatlaydi.

Professional ekspertiza

Barcha texnik xizmat markazlari ishlab chiqaruvchining yagona standartlari asosida ishlaydi. Mutaxassislar muntazam o'qitishdan o'tadi va DOST texnikasini har bir detaligacha biladi.

Tezkor xizmat

Tijorat transporti sizning daromadingiz ekanligini tushuning holda, biz yo'lga qo'yilgan jarayonlar va omborlardagi ehtiyot qismlar hisobiga to'xtab qolish vaqtini minimallashtiramiz.

Shaffoflik va nazorat

Siz har doim qanday ishlar olib borilayotganini va nima uchun to'layotganingizni bilasiz. Aniq diagnostika, kelishuv va belgilangan xizmat ko'rsatish standartlari.